02:02 / 05.07.2016
9414

Yevro-2016 yarim final uchrashuvlariga bosh hakamlar belgilandi

Yevro-2016 yarim final uchrashuvlariga bosh hakamlar belgilandi: Uels va Portugaliya o‘rtasidagi uchrashuvga shvetsiyalik hakam Yunas Eriksson, Germaniya va Fransiya o‘rtasidagi uchrashuvga italiyalik hakam Nikola Ritstsoli hakamlik qiladi, deb xabar bermoqda Tribuna.Uz sayti. 

Uels–Portugaliya uchrashuvi 6 iyulda Lionda, Germaniya–Fransiya uchrashuvi esa 7 iyulda Marselda bo‘lib o‘tadi. Ikkala uchrashuv ham Toshkent vaqti bilan tungi 00:00 da boshlanadi.

Top