Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina NATOga a'zo bo‘lish imkoniyatiga ega emas
Ukraina xavfsizlik xizmati sobiq rahbari Igor Smeshkoning ishonch bildirishicha, yaqin istiqbolda rasmiy Kiyev NATO tarkibiga kira olmaydi. U, ICTV telekanalining "So‘z erkinligi" tok-shousida shunday fikrlarni bildirdi, deb xabar qilmoqda UNN agentligi.
"Biz, hozirgi harbiy-siyosiy vaziyatda NATO eshiklarini taqillatsang, ular eshikni ochib, bizni kiritishini unutishimiz kerak", — degan sobiq maxsus xizmat rahbari alyansning Polshadagi sammitiga oid fikrlarini bildirar ekan.
"Ukraina, afsuski Yevropaning oxirgi romantigi bo‘ldi. Chunki, biz rostdan ham Shimoliy Atlantika hamjamiyatiga qo‘shilishga ishongandik. Biroq, bugungi kunda NATOga kirish istiqbollari juda ham kam. Aslida, ular mavjud ham emas, buni to‘g‘ri tushinish kerak", — deya qo‘shimcha qilgan Smeshko.
Mavzuga oid
15:06
Abu-Dabida AQSh ishtirokida Ukraina va Rossiya muzokaralarining ikkinchi kuni boshlandi
13:03
Litva XJSdan Ukraina energetikasiga RF zarbalari bo‘yicha tergov o‘tkazishni so‘ramoqda
11:46
Rossiya 2026 yil boshidan beri Ukraina energetikasiga 217 ta hujum qilgan
10:18