16:45 / 10.07.2016
8592

Eron janubida Su-24 qulab tushdi

Eron harbiy havo kuchlariga tegishli Su-24 rusumli bombardimonchi samolyot mamlakat janubida halokatga uchradi. Tasnim agentligi xabariga ko‘ra, uchuvchilar katapulta qilingan.

Rossiyada tayyorlangan bu harbiy samolyot mahalliy vaqt bilan soat 9.20da Fars viloyoti hududidagi Baxtegin ko‘li yaqiniga qulagan.

Uchuvchilar vertolyot orqali Sherozdagi shifoxonaga olib ketilgan, ularning hayotiga xavf yo‘qligi aytilmoqda.

Ayni vaqtda hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Iyun oyida Eron HHKning mashg‘ulot samolyoti Isfahon viloyati hududida qulab tushgandi. Bunga texnik nosozlik sabab bo‘lgan. Uchuvchilar omon qolgan.

Top