16:00 / 19.07.2016
3459

YeI Afg‘onistondagi politsiya missiyasini 2017-yilgacha uzaytirishi mumkin

Yevroittifoq Afg‘onistondagi politsiya missiyasi muddatini 2016-yildan keyingi davrga uzaytirishi mumkin. Ammo, hozircha, yakuniy qaror qabul qilingani yo‘q, deb ma'lum qilgan Yevropa kengashidagi manba RIA Novosti agentligiga. 

YeIga a'zo 28 davlat tashqi ishlar vazirlari Bryusselda bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishida, YeI " EUPOL missiyasining 2016 yildagi muddati poyoniga yetganidan keyin ham afg‘on hukumatining fuqaro politsiyasini mustahkamlash choralarini qo‘llab-quvvatlashga sodiq"ligini ta'kidlagan.

Shu paytga qadar, bosh qarorgohi Kobulda joylashgan xalqaro politsiya kontingenti tarkibiga 250 nafar politsiyachi va 200 nafar mahalliy huquq posbonlari kirgan. EUPOL 2007 yil iyunidan beri Afg‘onistonda o‘z missiyasini o‘tkazib keladi. 

Mavzuga oid
Top