10:24 / 22.07.2016
6412

BMT: Halabda 300 ming kishi yeguliksiz qolmoqda

Foto: RIA

Suriyaning sharqiy Halabda 300 ming nafar kishi oziq-ovqatsiz qolmoqda. Bu haqda BMT bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha yordamchisi Stiven O'Brayyen ma'lum qilgan.

"BMT va bizning hamkorlarimizda sharqiy Halabdagi  gumanitar ko‘makni tartibga solish uchun yetarli zaxira mavjud. Ammo u keyingi oyning o‘rtalarida tugaydi. Biz zaxira o‘rnini to‘ldirishimiz uchun konvoylarni front liniyasidan olib o‘tishga to‘g‘ri keladi", — dedi Stiven O'Brayyen.

U mojarolar olib borayotgan tomonlarga murojaat qilar ekan "Suriyaning borish qiyin bo‘lgan tumanlariga o‘tish uchun hech qanday shartlarsiz to‘siqlarni olib tashlashlari lozimligini” aytib o‘tdi.

Top