09:52 / 30.07.2016
6477

BMT: Indoneziya hukumati qatl haqidagi hukmini o‘zgartirishi kerak

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Indoneziyada giyohvand moddalari sotuvi bilan shug‘ullangan to‘rt mahbusning qatlini qoraladi va hukumatdan yana 10 nafar mahbusni otish haqidagi qarorini o‘zgartirishini so‘radi. Bu haqda Bosh kotib rasmiy o‘rinbosari Farxon Xak ma'lum qilgan.

"Bosh kotib 29 iyul kuni Indoneziyada amalga oshirilgan qatldan chuqur qayg‘urdi. U mamlakat hukumatini boshqa mahbuslarni qatl etmaslikka chaqirmoqda", - dedi Xak.

To‘rt nafar mahbus – uch nafar nigeriyalik va bir nafar indoneziyalik 27-29 iyul kunlari tunda qatl etilgan edi. Ulardan tashqari yana 10 mahbusning, ular ichida Hindiston, Pokiston va Zimbabve fuqarolari bor, qatli so‘nggi daqiqalarda bekor etilgan edi.

Top