22:36 / 01.08.2016
6719

Nepalda ko‘chki va toshqinlar qurbonlari soni 100 kishidan oshib ketdi

Google image

Nepalda kuchli yomg‘irlar oqibatida yuz bergan ko‘chkilar va toshqinlar oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 100 kishidan oshib ketdi, yana 22 kishi bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda, deb ma'lum qildi mamlakatning ichki ishlar vaziri Bxim Bahadur Raval.

Avvalroq 77 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi. 

Raval parlamentdagi nutqida tabiiy ofat mamlakatning 75 tumanidan 43 tasiga ta'sir qilganini aytgan. 25 iyuldan beri 102 kishi halok bo‘lgan, 22 kishi bedarak yo‘qolgan, 58 kishi jarohatlangan, deb ma'lum qilmoqda Raval bergan ma'lumotlarga iqtibos keltirgan holda Himalayan Times nashri.

Baglung, Banke, Pyutxan tumanlari eng ko‘p talofat ko‘rgan.

 

Top