07:53 / 01.08.2016
4100

Jangarilar Kobulda xorijliklarga mo‘ljallangan mehmonxonaga hujum qilishdi

Foto: REUTERS

Afg‘oniston poytaxti Kobulda terrorchilar Northgate mehmonxonasiga hujum qilishdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Hujum 1 avgustga o‘tar kechasi sodir etilgan. Mehmonxona oldida yuk mashinasi portlatilgan, so‘ngra 4 jangari otishma boshlagan.

Asosan xorijlik harbiylar va fuqarolik tashkilotlari vakillari yashaydigan Northgate mehmonxonasi o‘zidan himoyalangan majmuani aks ettiradi.

Hujum uchun javobgarlikni "Tolibon" guruhi o‘z zimmasiga oldi.

Top