19:05 / 04.08.2016
3299

Chexiya politsiyasi Germaniya bilan chegarasida nazoratni kuchaytirdi

Foto: © RIA

Chexiya huquq-tartibot idoralari Germaniya bilan chegaralarda nazoratni kuchaytirib, kuniga uch marta ikki soatlik tekshiruvlar o‘tkazmoqda, deb ma'lum qilgan mamlakat IIV xorijiy fuqarolar ishlari bo‘yicha politsiya rahbari Milan Mayyer.

"Biz 1-avgustdan 15ta o‘tkazuv punktlarida istagan vaqtimizda nazorat o‘tkazayapmiz. Bunda haydovchilar va ayrim avtomobil turlari tanlanadi", — degan Mayyer jurnalistlarga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi choralar Germaniyada yashash huquqini ololmagan muhojirlarning qo‘shni davlatlarga o‘tishiga imkon bermaslik maqsadida amalga oshirilmoqda. Bundaylar soni esa, IIV vakiliga ko‘ra, 200 mingga yetishi mumkin. 

Mayyerning aytishicha, "bu yil noqonuniy muhojirlik ko‘rsatkichi oshmagan, aksincha qisqargan".

Top