08:24 / 04.08.2016
9219

Fransiyaning Set shahri ko‘chalari vinoga to‘lib-toshdi

3 avgustda kechki payt Fransiyaning Set port shahri ko‘chalariga mahalliy vinofurushning 5 ta sisternasidagi bir necha o‘n ming litr vino to‘kib yuborildi. Politsiya bu ataylab qilinganini taxmin qilmoqda, deb xabar bermoqda France 3.

Biron S.A. kompaniyasining omborida saqlanayotgan deyarli 50 ming tonna spirtli ichimlik vinolar saqlanadigan yerto‘lalar joylashgan Oriyen sohilbo‘yi ko‘chasi va qo‘shni ko‘chalarni, yerto‘lalar va yer osti garajlarini qopladi. Voqea joyiga yetib kelgan favqulodda xizmatlar buning oqibatlarini yarim soat davomida bartaraf etishdi. Jabrlanganlar bo‘lmagan.

Hozircha bu holat uchun hech kim javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan. Vino saqlanadigan yerto‘la qo‘riqchisi eshikning buzilayotgani ovozini eshitgani va boshiga yopinchiqlar tashlab olgan 20 ga yaqin kishini ko‘rganini ma'lum qilgan.

Politsiyada ushbu hodisa Hududiy vinochilik qo‘mitasi (CRAV) faollarining g‘ayriqonuniy harakatlari oqibati hisoblanishi taxmin qilinmoqda. 20 iyulda ular ba'zi vinofurushlarni arzon ispan vinosini import qilish va ataylab narxlarni tushirishda ayblagandilar. 

2016 yilda CRAV faollari Fransiyaning janubida chegaradan 12 km uzoqlikda joylashgan Le-Bulu shahrida Ispaniyadan kelayotgan ikkita sisterna vinoni to‘xtatib, undagi vinoni oqizib yuborgandilar.

Faollarning tajovuzkor harakatlari vinoga narxlarning pasayishi bilan tushuntirilmoqda, ular bunda boshqa davlatlardagi raqobatchilarni hamda supermarket va distribyutorlar tarmoqlarini ayblamoqdalar.

Faollar Ispaniyadan keltirilgan vino 100 litri uchun 30-40 yevrodan, ya'ni xudi shunday fransuz vinosidan deyarli 2 barobar arzonroq sotilayotganidan shikoyat qilmoqdalar.

Top