Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Turkiyaga nisbatan joriy qilgan sayyohlik taqiqlarini bekor qildi
Foto: AP
Eron Turkiyaga sayyohlik safarlarini tashkil etishga joriy qilgan taqiqlarni bekor qildi. Bu haqda, Eron TIV rasmiy vakili Bahrom Gasamiyga asoslangan holda IRNA axborot agentligi xabar qilmoqda.
"Turk tomonining xohish-istagi va uning sayyohlar xavfsizligini ta'minlash borasida majburiyatini e'tiborga olgan holda, barcha cheklovlar bekor qilindi. Eron sayyohlik agentliklari o‘z faoliyati doirasida Turkiyaga guruhlarni yuborishi mumkin", - degan diplomat.
Mazkur qaror Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarifning Anqaraga tashrifidan so‘ng qabul qilingan. U, Turkiya rasmiy shaxslari bilan o‘tkazgan muzokaralarida mintaqaviy muammolar, xususan Suriya masalasi hamda ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama etgan.
Eron shu yilning 15-iyulida Turkiyada amalga oshirilgan davlat to‘ntarishiga urinishdan so‘ng, mamlakat fuqarolariga Turkiyaga sayohat qilishni taqiqlagan edi.
Mavzuga oid
00:25 / 26.01.2026
Erondagi norozilik namoyishlar vaqtida 30 ming kishi halok bo‘lgan – OAV
15:42 / 24.01.2026
Tramp: AQSh harbiy kemalari Eron tomon yo‘l olmoqda
20:32 / 22.01.2026
Eron norozilik namoyishlarida 3 mingdan ortiq odam halok bo‘lganini rasman e’lon qildi
19:30 / 21.01.2026