Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 23:35 / 14.08.2016
8172
1 daqiqa o‘qiladi
Eronlik o‘zini Tehron meriyasi oldida yoqib yubordi
Eronda bir erkak Tehron meriyasi binosiga kiraverishda o‘zini yoqib yubormoqchi bo‘ldi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
Erkak ustidan yonuvchi suyuqlik quyib, odamlar oldida o‘ziga o‘t qo‘ydi. Guvohlar alangani o‘chirishga muvaffaq bo‘lishdi, erkak og‘ir kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketildi.
Taxminlarcha, 40 yoshlar atrofidagi erkak unga yordam puli berilishi rad etilgani sababli bunday qilishga qaror qilgan. Erkak pullarni qizining to‘yiga sarflamoqchi bo‘lgan.