07:52 / 17.08.2016
3663

Xitoyda 12 kishi kondagi yong‘in oqibatida halok bo‘ldi

Xitoyning Gansu viloyatidagi Chjan'ye shahrida ohaq olinadigan konda chiqqan yong‘in oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

Yer ostida 9 nafar konchi qolib ketgan. Ularni qutqarishga jalb qilingan 3 nafar qutqaruvchi ham halok bo‘lgan.

Kondagi yong‘in sabablari hozircha noma'lumligicha qolmoqda.

Top