23:17 / 21.08.2016
10577

Fransiya prezidenti lavozimiga nomzod paydo bo‘ldi

Fransiya iqtisodiyot vaziri Arno Montebur prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodini qo‘ydi. U bu haqda tvitterda ma'lum qildi.

"Men Frantsuz Respublikasi prezidenti lavozimiga nomzodman", deb yozdi Montebur.

Monteburning ta'kidlashicha, hozirda Fransiyadagi vaziyat shunchalik mushkulki, g‘oyalar, loyihalar, insonlarni yangilash hayotiy muhim masaladir.

Fransiyada prezidentlik saylovlari 2017 yil bahorda bo‘lib o‘tadi. 

 

Top