Jahon | 23:49 / 31.08.2016
10354
1 daqiqa o‘qiladi

Klinton va Tramp amerikaliklar orasida eng noommaviy siyosatchilar bo‘ldi

Foto: AP

ABS News telekanali va The Washington Post gazetasi AQSh aholisi o‘rtasida o‘tkazgan so‘rovnomalar tarixida hozirdagidek AQSh prezidenti lavozimiga nomzodlar Xillari Klinton va Donald Trampchalik noommaviy siyosatchilar bo‘lmagan.

So‘rovnomaga ko‘ra, respondentlardan 56 foizi Klintonga, 63 foizi Trampga salbiy munosabatda ekanliklarini aytganlar. Ro‘yxatga olingan saylovchilar orasida raqamlar quyidagicha taqsimlandi: 59 foiz aholi Klinton, 60 foizi esa Tramp haqida yaxshi fikrda emas.  

24-28 avgust kunlari o‘tkazilgan so‘rovnomada 1020 kishi ishtirok etdi. 

Bungacha eng noommaviy siyosatchi 1992 yilgi prezidentlik saylovlaridan oldin Jorj Bush bo‘lgan. Natijada u saylovlarni ham yutqazib qo‘ygan.  

 

Mavzuga oid