Islom Karimov tutgan kundalik (2 qism)

— Islom Karimov, bolalarcha sodda, bolalarcha beg‘ubor inson edi. Bolalarcha orzu qilardi, mo‘'jizalarga bolalarcha ishonardi, bolalarcha kelajakka intilardi, — deydi Samarqand shahridagi, Prezident o‘qigan 21-maktabning keksa o‘qituvchisi Mustahkam Ostanaqulova. Bizning maktabdan Islom Karimovning oyog‘i hech qachon uzilmagan. Agar Islom Karimov bolaligini sog‘inmaganda, o‘quvchilik yillarini eslamaganda, bolalikdan qolgan shirin xotiralarni qo‘msamaganda, bizning maktabga tez-tez kelmas, bolalar bilan bolalarcha suhbatlashmasdi. Islom Karimov bolaligida uchuvchi bo‘lishni orzu qilardi.
Tasavvur qiling-a, qirq to‘qqizinchi, elliginchi yillarda Islom Karimov uchuvchi bo‘lishni orzu qilgan va maktabdagi aviamodelchilar to‘garagining faol a'zosi bo‘lgan. To‘garak rahbari Ivan Alekseyevich Kolenichenko bizga bir qiziq voqeani gapirib bergandi: "Kechki payt edi. Maktabda qorovuldan boshqa hech kim yo‘q, bizning sinf chirog‘idan o‘zga chiroqlar o‘chirilgandi. Uch-to‘rt o‘quvchi bilan samolyotlarning yangi modelini yasab o‘tirgandik. Bir payt eshik taqillab qoldi.
O‘quvchilarning ota-onalaridan bo‘lsa kerak, deya joyimda turgan holatda: “Kiravering, eshik ochiq”, – dedim, va ishimni davom ettiraverdim. Biz bolalar bilan ishga berilib ketgan edik. Bir payt ortga o‘girilib qarasam, tepamda Islom Abdug‘aniyevich turibdi. U paytda Qashqadaryo viloyatining obkom sekretari edi. Quchoqlashib ko‘rishdik. Islom Karimov bolalik paytlarida aviamodelchilar to‘garagida kechki o‘n, o‘n birgacha qolib ketar edi. Shuning uchun ham u keyinchalik Politexnika institutiga o‘qishga kirdi, Aviatsiya zavodida ishladi. Xullas o‘sha kuni tun yarmigacha suhbatlashib o‘tirdik.
Islom Karimov to‘garak hali ham ishlayaptimi, izdoshlarimiz bormi, bolalar samolyotlar yasayaptimi, samolyotsozlikni o‘rganayaptimi, degan xavotirda ekan. Bizni ko‘rib quvonib ketibdi. O‘shanda u hammaga sovg‘a-salom ulashdi. O‘quvchilarga faqat “A'lo” baholarga o‘qishni tayinladi. Bu kutilmagan uchrashuvdan boshim osmonga yetdi".
— Islom Karimov yasagan aviamodellar maktabimizda hali ham turibdi. Buyuk insonlar buyuk bolalar tufayli dunyoga kelishini unutmaylik,– deya so‘zini yakunladi Mustahkam Ostanaqulova.
Shoir Muhammad Ismoil.
Manba: diydoraziz.uz
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Organizmdagi «qariyotgan» hujayralarni aniqlashning yangi usuli ishlab chiqildi
Fan-texnika | 00:30
-
Yakson qilinmagan, lekin jiddiy zarar - Pentagon Eronga qarshi operatsiya tafsilotlarini ochiqladi
Jahon | 22:44 / 22.06.2025
-
Milliarder Maykl Linchning cho‘kib ketgan superyaxtasi suv tubidan olib chiqildi
Jahon | 22:35 / 22.06.2025
-
Havo sharlari yordamida Le-Burjye aviasaloni o‘tkazilishini buzmoqchi bo‘lgan faollar hibsga olindi
Jahon | 22:13 / 22.06.2025
Mavzuga oid

07:48 / 13.06.2025
Ota mehri. Nogiron bolaning qahramon otasi haqida

13:44 / 07.06.2025
AQSh Ta’lim vazirligi Kolumbiya universiteti akkreditatsiyasini bekor qildi

10:52 / 30.05.2025
Ta’lim sohasidagi tadbirkorlar soni oshdi

15:26 / 19.05.2025