09:57 / 08.09.2016
19560

Manba: Qozog‘iston bosh vaziri iste'foga chiqishi kutilmoqda

Qozog‘iston bosh vaziri Karim Masimov 9 sentabr kuni iste'foga chiqishi kutilmoqda. Bu haqda  IA Novosti-Kazaxstan nashri vaziyat bilan tanish bo‘lgan manbasiga asoslangan holda xabar tarqatdi.

"Hukumat iste'fo berishi kutilmoqda. Karim Masimov 9 sentabr kungi yig‘ilishda iste'fosini ma'lum qilishi mumkin", degan manba.

Masimov birinchi marta 2007 yilda Vazirlar Mahkamasiga rahbar bo‘lgan va bu lavozimda 2012 yilgacha ishlagandi.

U 2012 yildan 2014 yilgacha Qozog‘iston prezidenti ma'muriyatini boshqargan, 2014 yilning aprelida ikkinchi marta mamlakat bosh vaziriga aylangandi.

9 sentabr kuni Qozog‘istonda mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev ishtirokida hukumatning kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tadi.

Top