09:56 / 08.09.2016
7943

Tramp Iroqdagi urushga qarshi bo‘lganini aytdi

© REUTERS

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp 2003 yilda Iroqdagi urushga qarshi chiqqanini aytdi. Uning ta'kidlashicha, bu urush Yaqin Sharqda falokatga olib kelgan.

"Men Iroqdagi urushga mutlaq qarshi bo‘lganman, chunki u Yaqin Sharqni butkul barqarorsizlantirdi. Bu mutlaq falokatli urush bo‘lgan. Ehtimol, shunchalik falokatli bo‘lganki, Barak Obama u yerdan qochib qolganidek", deb aytdi Tramp NBC News telekanalida chiqishi vaqtida. 

Tramp prezidentlik saylovlari bo‘yicha asosiy raqibi Xillari Klintonning u Iroqdagi urushni qo‘llab chiqqani haqidagi gaplarini inkor qildi.

Top