09:01 / 10.09.2016
4212

Yaponiya sohillari yaqinida tanker portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Janubiy Koreya bayrog‘i ostida Yaponiyaning Vakayama prefekturasi yonidan suzib o‘tayotgan kichik tanker Eiwa Maru 3’da portlash yuz berdi. Bu haqda Yaponiya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati ma'lum qildi.

Ma'lum qilinishicha, oqibatda tanker sardori halok bo‘lgan, ekipajning yana ikki a'zosi jarohat olgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, portlash palubada payvandlash ishlari olib borilayotganda yuz bergan. Voqea joyida tergov olib borilmoqda.

Tankerning suv sig‘imi 740 tonnani tashkil qiladi. Voqea vaqtida kema nima olib ketayotgani hozircha ma'lum qilinmagan.
 

Top