Jahon | 08:06 / 11.09.2016
7635
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Klinton tarafdorlarini hurmat qilishini aytdi

Foto: © EPA

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp prezidentlik saylovlari bo‘yicha raqibi Xillari Klintonning tarafdorlariga hurmat bilan qarashini aytdi.

Avvalroq Klinton Tramp tarafdorlari haqida keskin so‘zlar aytib, ularni irqchilar, jinsiy ustunlik tarafdorlari, ksenoofoblar va "rahm-shafqatga muhtoj odamlar" deb atagandi.

Keyinroq Klinton ushbu so‘zlari uchun uzr so‘ragan, biroq uning so‘zlari mojaro keltirib chiqarishga ulgurgan.

"Xillari mening tarafdorlarim haqida dahshatli so‘zlar aytmoqda, men esa uni qo‘llab-quvvatlovchilardan ko‘pchiligi men uchun hech qachon ovoz bermasa ham baribir ularni hurmat qilaman", deb aytgan Tramp Klintonning so‘zlariga javoban.

Trampning aytishicha, Klintonning bunday keskin so‘zlari uning anchagina saylovchilar ovozini yo‘qotishiga olib kelishi mumkin.

 

Mavzuga oid