Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Manba: Twitter foydalanuvchilarini 19 sentabrdan yangi o‘zgarishlar kutmoqda
Twitter mikrobloglar xizmati keyingi dushanbadan boshlab xabarlarda belgilarning hisoblanishi siyosatini o‘zgartirmoqchi. Bu haqda The Verge kompaniyadagi o‘z manbasiga tayanib xabar qilgan.
Mikroblogning yangi qoidalariga ko‘ra, fotosuratlar va iqtibos sifatida keltirilgan tvitlar 140ta belgiga qo‘shib hisoblanmaydi. Bu tartib 19 sentabrdan joriy etilishi kutilmoqda.
"19 sentabrdan boshlanadi... xabarlarga tasvirlar, gif-animatsiyalar, video va so‘rovnomalar qo‘shilganida, matndagi belgilar soni cheklanmaydi", deyilgan manba xabarida.
Nashr xabarida kompaniya yangi qoidalarni bir vaqtning o‘zida yoki asta-sekinlik bilan joriy qilishi xususida aniq aytilmagan.
Mavzuga oid
19:15 / 14.12.2025
Twitter nomi qafasdan chiqyapti
14:54 / 22.03.2025
Sobiq Twitter logotipi kimoshdi savdosida qariyb 35 ming dollarga sotildi
18:16 / 13.02.2025
Ilon Maskning ijtimoiy tarmog‘i Trampga 10 mln dollar to‘lab beradi
16:58 / 25.12.2024