"Krasnodar" jamoasi Yevropa Ligasidagi ilk uchrashuvini Avstriyada "Zaltsburg"ga qarshi o‘tkazdi.
O‘yinda bitta gol barcha masalaga oydinlik kiritdi. 37-daqiqada Joazino tomonidan kiritilgan to‘p "Krasnodar"ga g‘alaba olib keldi hamda ular turnirni muvaffaqiyatli start olishdi.
Mazkur o‘yinda Odil Ahmedov asosiy tarkibda maydonga tushdi hamda 62-daqiqada o‘z joyini Yuriy Gazinskiyga bo‘shatib berdi.
"Zaltsburg" - "Krasnodar" - 0:1
Gol: Joazino, 37.