Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jangarilarning Kashmirdagi armiya shtabiga uyushtirgan hujumi oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi
Foto: The Indian Express
Jangarilar Kashmirdagi Hindiston armiyasi shtabiga hujum qilishganlari oqibatida to‘qqiz harbiy halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, ayrim xabarlarga ko‘ra, hujumni to‘rt nafardan olti nafarga qadar bo‘lgan fidoinlar amalga oshirgan. Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz: fidoinlar – inqilobiy harakat vakillari bo‘lib, jonlari uzilgunga qadar jang qiladigan odamlardir. Hujumni Hindiston armiyasi shtab brigadasi tasdiqlagan.
Voqea joyidan harbiylarni ko‘chirish boshlangan, ular orasida 20 nafar yarador harbiy ham bor. Hindiston harbiylari bu haqda rasmiy bayonot berishmagan.

Mavzuga oid
12:51 / 15.11.2025
Kashmirdagi politsiya bo‘limida portlash: kamida 9 kishi halok bo‘ldi
14:50 / 14.08.2025
Hindiston tahdidi tufayli Pokiston raketa qo‘shinlarini tashkil etadi
16:57 / 12.05.2025
Hindiston Pokiston suv oladigan daryolarni ochib yubordi
23:37 / 10.05.2025