18:12 / 19.09.2016
13465

Almazbek Atambayev Nyu-Yorkka uchib ketdi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Nyu-York shahriga ishchi tashrif bilan jo‘nab ketdi. U BMT Bosh Assambleyasining 71-sessiyasida ishtirok etadi.

Qirg‘iziston prezidentining siyosiy axborotlar bo‘limi xabariga ko‘ra, tashrif vaqtida davlat rahbari sessiyaning debatlar qismida chiqish qiladi, BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun hamda Ochiq jamiyat instituti asoschisi, filantrop Jorj Soros bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Almazbek Atambayev Nyu-Yorkda AQShdagi qator yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashishni rejalashtirgan.

Mavzuga oid
Top