17:44 / 19.09.2016
5480

Tailandda politsiya 41 yo‘lovchi mingan minivenni to‘xtatdi

Tailand politsiyasi me'yoridan ortiq darajada yo‘lovchi mingan minivenni to‘xtatdi. Guardian xabariga ko‘ra, 16 yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan mikroavtobusga 41 yo‘lovchi mingandi.

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videoda politsiyachilar Toyota Commuter rusumli minivendan tushib kelayotgan yo‘lovchilarni sanayotganini ko‘rish mumkin.

Nashrning yozishicha, mini-furgondagi kishilarning aksari ishchi-muhojirlar edi.

Mavzuga oid
Top