22:45 / 22.09.2016
10366

Putin Narishkinga Tashqi razvedka xizmatini boshqarishni taklif qildi

Foto: TASS

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sergey Narishkinga Rossiya tashqi razvedka xizmatini boshqarishni taklif qildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. 

"Putin Narishkin va Fradkov bilan uchrashuvda Narishkinga tashqi razvedka xizmatini boshqarishni taklif qildi", deb ma'lum qildi Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskov. 

Ta'kidlanishicha, Narishkinning bu lavozimga tayinlanishi haqidagi farmon yaqin orada imzolanadi.

2011 yilda Narishkin Davlat dumasi deputati etib saylangan va "Yedinaya Rossiya" fraksiyasi taklifi bilan uning raisi etib tayinlangan. 

 

Mavzuga oid
Top