12:17 / 24.09.2016
5522

Indoneziyaning Yava orolidagi suv toshqini qurbonlari soni 30 nafarga yetdi

Foto: AFP

Indoneziyaning Yava oroli g‘arbiy qismida joylashgan Garut tumanida yuz berayotgan suv toqshinlari sabab halok bo‘lganlar soni 24 sentabr kuni 30 nafarga yetdi.

Bundan tashqari 22 nafar mahalliy aholi vakili izsiz g‘oyib bo‘lgan. Bu haqda G‘arbiy Yava qidiruv-qutqaruv boshqarmasi rasmiy vakili Joshua.

"30 nafar halok bo‘lgan odamning jasadi topildi", — deyiladi Indoneziyaning “Antara” axborot agentligi ma'lumotida.

Avvalroq Joshua 26 kishi halok bo‘lgani va 23 kishi izsiz yo‘qolgani haqida ma'lumot bergan edi.

Mavzuga oid
Top