18:10 / 24.09.2016
4054

Iroq shimolida xudkushlar tomonidan ikkita terakt amalga oshirildi

Iroq shimolida joylashgan Tikrit shahrida ketaverishda xudkush-terrorchi tomonidan amalga oshirilgan terakt oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Livanning “Al Mayadin” telekanali xabar bermoqda.

Kanal ma'lumotiga ko‘ra, ushbu shaharga ketaverish yo‘lida ikki marta portlash sodir etilgan.

Teraktni biror-bir terrorchilik tashkiloti o‘z zimmasiga olmagan.

Ma'lumot uchun: Tikrit Iroqning Salohiddin muzofotida joylashgan shaharlaridan biridir.

“Assoshieyted Press” agentligining xabar berishicha, portlashni uch nafar xudkush-terrorchi amalga oshirgan. Teraktdan maqsad Salohiddin politsiyasi rahbari va xavfsizlik kometiti rahbarining joniga qasd qilish bo‘lgan. Amaldorlar tirik qolgan.

Mavzuga oid
Top