18:55 / 24.09.2016
4596

Singapurda smartfonlar uchun "aksil terror" ilova ishga tushirildi

Singapur hukumati yangi SGSecure mobil ilovasini ishga tushirdi. U mamlakat huquq-tartibot idoralariga foydalanuvchilarni terroristik xuruj yoki favqulodda holatlar yuzasidan zudlik bilan ogohlantirish imkonini beradi, deya xabar qilmoqda  Channel NewsAsia.

Mazkur ilova terroristik tahdid paydo bo‘lganida jamoatchilikni tayyorlashga qaratilgan milliy dastur doirasida ishga tushirilgan. 

Shu bilan birga, ilovadan foydalanuvchilar huquq idoralariga jamoat xavfsizligiga daxldor ma'lumotlarni yuborishlari ham mumkin. U orqali zarurat paydo bo‘lsa politsiyani chaqirish imkoni mavjud. Shuningdek, SGSecure ilovasida mobil telefonining qayerdaligini aniqlovchi funksiya ham kiritilgan. 

Mavzuga oid
Top