Jamiyat | 17:53 / 25.09.2016
15496
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Joli o‘zi va bolalari uchun Malibuda uy ijaraga olgan

Aktrisa Anjyelina Joli Bred Bitt bilan ajrashuvi haqida rasman e'lon qilinishidan 3 hafta oldin Malibuda oyiga 95 ming dollar to‘lash sharti bilan uy ijaraga olgan. Bu haqda Daily Mail xabar qildi.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, aktrisa o‘zi va 6 nafar farzandi uchun 12 mln dollar evaziga uy ijaraga olgan. Qayd etilishicha, uy qattiq qo‘riqlanadi va begonalar nazaridan yiroqda.

Joli bilan aktyorlar Entoni Hopkins, Juliya Roberts va Shon Pen qo‘shni bo‘lib yashamoqda.

TMZ ma'lumotiga ko‘ra, Tinch okeani sohillariga yaqin hududda joylashgan bu uyda 5ta yotoqxona, 5ta yuvinish xonasi hamda bolalar uchun suv havzasi mavjud.

Bundan oldinroq, Joli va Pittning ajrashuviga sabablardan biri sifatida keltirilayotgan samolyotdagi janjal tafsilotlari ma'lum bo‘lgandi.

Hodisa o‘tgan haftada xususiy samolyotdagi reys davomida ro‘y berdi va bu haqda Los-Anjyeles politsiyasiga ma'lum qilgan ekipaj a'zolaridan biri tufayli jamoatchilikka oshkor bo‘ldi. TMZ manbalariga ko‘ra, oilaning 15 yoshli o‘g‘li Meddoks Pittni g‘azabga keltiruvchi nimadir degan va aktyor Anjyelina Joli ikkisining o‘rtasiga turishga ulgurganiga qaramay, o‘g‘liga tashlangan.

Janjal samolyot qo‘nganidan so‘ng ham davom etgan.

Boshqa manbalarga ko‘ra, Bred Pittning narkotiklar va alkogol ta'sirida g‘azabga berilishi Joli to‘qigan uydirma bo‘lib, aktrisa shu yo‘l bilan eridan ajrashmoqchi.

Mavzuga oid