Aktrisa Anjyelina Joli Bred Bitt bilan ajraşuvi haqida rasman e'lon qilinişidan 3 hafta oldin Malibuda oyiga 95 ming dollar tölaş şarti bilan uy ijaraga olgan. Bu haqda Daily Mail xabar qildi.

Naşr ma'lumotiga köra, aktrisa özi va 6 nafar farzandi uçun 12 mln dollar evaziga uy ijaraga olgan. Qayd etilişiça, uy qattiq qöriqlanadi va begonalar nazaridan yiroqda.

Joli bilan aktyorlar Entoni Hopkins, Juliya Roberts va Şon Pen qöşni bölib yaşamoqda.

TMZ ma'lumotiga köra, Tinç okeani sohillariga yaqin hududda joylaşgan bu uyda 5ta yotoqxona, 5ta yuviniş xonasi hamda bolalar uçun suv havzasi mavjud.

Bundan oldinroq, Joli va Pittning ajraşuviga sabablardan biri sifatida keltirilayotgan samolyotdagi janjal tafsilotlari ma'lum bölgandi.

Hodisa ötgan haftada xususiy samolyotdagi reys davomida röy berdi va bu haqda Los-Anjyeles politsiyasiga ma'lum qilgan ekipaj a'zolaridan biri tufayli jamoatçilikka oşkor böldi. TMZ manbalariga köra, oilaning 15 yoşli öğli Meddoks Pittni ğazabga keltiruvçi nimadir degan va aktyor Anjyelina Joli ikkisining örtasiga turişga ulgurganiga qaramay, öğliga taşlangan.

Janjal samolyot qönganidan söng ham davom etgan.

Boşqa manbalarga köra, Bred Pittning narkotiklar va alkogol ta'sirida ğazabga berilişi Joli töqigan uydirma bölib, aktrisa şu yöl bilan eridan ajraşmoqçi.