17:54 / 27.09.2016
4261

Microsoft korporatsiyasi Twitter'ga qiziqish bildirdi

Amerikaning Microsoft korporatsiyasi Twitter Inc. mikrobloglar servisini qo‘lga kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqida CNBC telekanali ma'lum qildi

Bundan avval ommaviy axborot vositalarida Twitter unga qiziqish bildirgan kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazganligi haqida xabar berilgandi. Salohiyatli xaridorlar orasida Google va Salesforce.com texnologiya gigantlari, shuningdek Walt Disney kompaniyasi nomlari tilga olingan. Twitter xaridi bo‘yicha shartnoma bahosi 16 milliard dollardan oshishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, shartnoma haqida 30-45 kun ichida rasman e'lon qilinadi.

Amerikaning Twitter Inc. kompaniyasiga 2006 yilda asos solingan. Kompaniyaning asosiy mahsuloti - qisqa xabarlar bilan bo‘lishuvchi ijtimoiy tarmoq. Uning shtab-kvartirasi San-Frantsiskoda (Kaliforniya shtatida) joylashgan.

Amerikaning Microsoft korporatsiyasi 1975 yilda Bill Geyts va Pol Allen tomonidan tashkil etilgan. Uning shtab-kvartirasi Redmondda (Vashington shtatida) joylashgan. Kompaniya dasturiy ta'minot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan - xususan Windows operatsion tizimi Microsoft mahsuli hisoblanadi. 

Mavzuga oid
Top