17:52 / 27.09.2016
6800

Jamoa futbolchilaridan biri Zidan va Ronaldu munosabatlari bo‘yicha fikrini bildirdi

«Real» jamoasi yarim himoyachisi Toni Kroos Ispaniya chempionatining 4 turidan ikkitasida jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu bosh murabbiy tomonidan 2 marta almashtirilgani xususidagi fikrini bildirib o‘tdi.

«Bu voqeaga haddan ortiq e'tibor qaratishmoqda. Futbolchi mavsum davomida 60ta o‘yin o‘tkazishi jismonan imkoniyatsiz ish. O‘yinda kimni almashtirishni murabbiyning o‘zi hal qiladi.

Ronaldu biz bilan odatdagidek mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda, hech qanday muammo yo‘q. O‘tgan o‘yindagi muvaffaqiyatsizlik ortda qoldi. Ronaldu «Borussiya»ga qarshi o‘yinda maydonga tushishga tayyor», – degan Kroos.

Krishtianu Ronaldu «Las-Palmas»ga qarshi o‘yinning 72-daqiqada zaxiraga olingani uchun norozilik bildirgani haqida xabar berilgan edi.

Manba: Tribuna.uz

Mavzuga oid
Top