O‘zbekiston | 19:26 / 29.09.2016
22063
3 daqiqa o‘qiladi

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir qator O‘zbekiston fuqarolari faxriy unvonlar bilan taqdirlandi

2016 yil 29 sentabr kuni O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta'lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning farmoni e'lon qilindi. Hujjat matni O‘zA tomonidan taqdim etilgan.

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta'lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

Farmonga muvofiq, O‘zbekistonda yosh avlodning intellektual va ma'naviy salohiyatini yuksaltirish, ularni ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga qo‘shgan salmoqli hissasi, ta'lim-tarbiya tizimidagi ko‘p yillik samarali mehnati, yoshlarga ilm-fan asoslari va zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rgatishdagi fidoyiligi hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir qancha O‘zbekiston fuqarolari quyidagi faxriy unvonlar bilan taqdirlanadi:

  • «O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi»;
  • «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta'limi xodimi»;
  • «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi»;
  • «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi».

Shuningdek, O‘zbekistonda ta'lim sohasini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, o‘zbek xalqining madaniyati va ma'naviyatini yuksaltirish ishlariga qo‘shgan munosib hissasi, yosh avlodni sog‘lom va barkamol voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik, milliy istiqlol g‘oyasiga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun bir qator o‘qituvchi va murabbiylar quyidagi medal va ordenlar bilan mukofotlandi:

  • «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni;
  • «Mehnat shuhrati» ordeni;
  • II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni;
  • «Do‘stlik» ordeni;
  • «Shuhrat» medali.

Mavzuga oid