Rossiya tashqi ishlar vaziri MH17 reysi falokati uchun uzr so‘rashdan bosh tortdi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov MH17 reysi falokati uchun xalqaro komissiya hisoboti bilan bog‘liq holda uzr so‘rashdan bosh tortdi. Hisobotga ko‘ra, samolyot urib tushirilgan "Buk" raketa majmuasi Donbassga Rossiyadan keltirilgan, so‘ngra yana qaytarib olib ketilgan.
"Nimaga uzr so‘rash kerak?", deb javob berdi Lavrov xorijiy telekanal boshlovchisi Stiven Sakurning uzr so‘rash haqidagi taklifiga.
Lavrovning aytishicha, Rossiya tergovning rasmiy natijalarini kutib turmoqchi, vaholanki u hali yakunlanmagan. "Tergovda nomi tilga olingan yuzlab nomlar bor, biroq ular hozircha hattoki gumonlanuvchilar sifatida ham qaralmayapti", deb qo‘shimcha qildi Lavrov.
Lavrovning aytishicha, Rossiya samolyotning falokatga uchrashi bo‘yicha komissiyaga katta hajmda ma'lumotlar bergan va ularni oshkor qilgan, biroq unga javob olmagan. Lavrovning ta'kidlashicha, bu orada komissiya tomonidan inobatga olingan AQSh va Ukrainadan olingan ma'lumotlar oshkor qilinmagan.
Hisobot 28 sentabrda chop etilgan. Komissiyaning ta'kidlashicha, samolyotni urib tushirgan raketa Snejnoye aholi punktidan uchirilgan. Aholi punkti o‘z mustaqilligini e'lon qilgan Donetsk xalq respublikasi nazoratida bo‘lgan.
Hisobot reysning falokati tergovida yakuniy nuqta qo‘ymaydi, biroq u asosida keyingi barcha qadamlar qabul qilinadigan umumlashtiruvchi hujjat hisoblanadi.
Malaysia Airlines’ning Amsterdamdan Kuala-Lumpurga reys amalga oshirayotgan Boeing 777 samolyoti 2014 yil 17 iyulda Ukraina sharqidagi qurolli ixtilof hududi ustida urib tushirilgan. Samolyotdagi barcha 298 kishi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
21:53
Ukraina Rossiya bilan iqtisodiy urushda g‘alaba qozonmoqda - The Economist
20:54
Qozog‘istonda halokatga uchragan samolyot yerdan urib tushirilgani haqida taxminlar yangramoqda
20:34
Rossiyada migrantlarning ish joyini o‘zgartirishni taqiqlash taklif etilmoqda
17:38