Jahon | 19:54 / 02.10.2016
13852
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Hillari Klintonni qamoqqa tashlashni taklif qildi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp uning prezidentlik poygasi bo‘yicha raqibi Hillari Klintonning qamoqda o‘tirishi kerakligini ommaviy ravishda bildirib o‘tdi. Tramp bu haqda Pensilvaniya shtatidagi Manxeym shahridagi chiqishi vaqtida aytgan.

"U ko‘p mojarolarga aralashgan va ko‘p marotaba yolg‘onchilikda tutilgan. Biroq eng yomoni, men AQSh fuqarosi sifatida guvoh bo‘lganim, o‘tgan haftada FQB direktori Klinton qutula olgan narsadan qanday qilib qutula olganini tushuntirishga uringanda yuz berdi. Shuning uchun u qamoqda bo‘lishi kerak. Sizga aytishga ijozat bergaysiz, u qamoqda bo‘lishi kerak", deb aytdi Tramp.  

Tramp shuningdek bir qator OAVni Klintonni himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashda aybladi.

Trampning Klintonga e'tirozlari Klinton AQSh davlat kotibi bo‘lganda o‘zining xususiy elektron pochtasidan foydalangani bilan bog‘langan. Bu Klintonga xizmat bo‘yicha yozishmalarni jamoatchilik ko‘zidan yashirishga imkon bergan va shu bilan birga maxfiy ma'lumotlarga buzib kirilish xavfini solgan.

Avvalroq Tramp Klintonni o‘z turmush o‘rtog‘i Bill Klintonga bevafolikda gumon qilgandi. Tramp Klintonning kimgadir, ayniqsa eri Billga vafodorligi borasida kinoya qilgan. Boz ustiga Bill Klinton ham prezidentligi vaqtida rafiqasiga bevafolik qilgan. Tramp Xillari Klinton faqatgina o‘z homiylariga vafodor deb aytgan.

 

Mavzuga oid