Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilishni muhokama etmoqda
Foto: Reuters
Germaniya hukumati Suriyadagi vaziyatning chigallashayotgani tufayli Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. The Wall Street Journal nashrining yozishicha, Angela Merkel hukumati Moskvaning arab respublikasidagi siyosatini o‘zgartirishga majbur qiluvchi choralarni ishlab chiqmoqda. GFR hukumatining Rossiya bilan aloqalar bo‘yicha vakili Gernot Erler ZDF telekanaliga bergan intervyusida bu mavzu ko‘rib chiqilayotganini tasdiqlagan.
Ta'kidlanishicha, yangi aksilrossiya sanksiyalarini joriy qilish muhokamasi ilk bosqichdadir.
Ammo, Germaniya TIV rasmiy vakili shu xususda berilgan savolga, bunday taklif bildirgan kishini bilmasligini aytgan.
Mavzuga oid
09:12
−10°Cda o‘chirishlar: Kiyevda elektr, suv va issiqlik ta’minoti izdan chiqdi
08:24
Zelenskiy: Ukraina tinchlikka to‘siq bo‘lmagan va bo‘lmaydi
22:26 / 15.01.2026
Putin Maduroni ag‘dargan Trampni tanqid qilishga jur’at etolmadi – OAV
19:20 / 15.01.2026