Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Rossiya bilan vizalarni bekor qilishi mumkin
Foto: Sputnik
Turkiya iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchining bayonotiga ko‘ra, Anqara Moskva bilan avval joriy qilingan viza cheklovlarini tezroq bekor qilish bo‘yicha muzokaralar olib borayapti. Bu haqda, TASS axborot agentligi xabar qilmoqda.
«Xabaringiz bor, inqirozgacha (Su-24 samolyoti urib tushirilishi bilan bog‘liq holat) mamlakatlarimiz fuqarolari o‘zaro vizasiz kirib-chiqishlari mumkin edi. Vizasiz munosabatlar, turizm, savdo va umuman davlatlarimizga foydalidir. Albatta, biz vizasiz munosabatlarni tiklash borasida aloqalarni davom ettirayapmiz», — degan Turkiya vaziri.
Zeybekchining qayd etishicha, savdo-iqtisodiy munosabatlarning avvalgi darajasiga erishish uchun Rossiya tomonidan turk importiga joriy qilingan cheklovlar bekor qilinishi lozim.
Mavzuga oid
22:26 / 15.01.2026
Putin Maduroni ag‘dargan Trampni tanqid qilishga jur’at etolmadi – OAV
19:20 / 15.01.2026
Rossiyada ba’zi migrantlar «qimmatlagani» e’lon qilindi
16:13 / 15.01.2026
Ukraina havo mudofaa tizimi urib tushirayotgan Rossiya raketalari ulushi kamaydi
14:07 / 15.01.2026