23:46 / 09.10.2016
12715

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri: Rossiya G‘arbga raqobatchi bo‘lishga qaror qildi

Foto: REUTERS

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Maykl Fellon Rossiya G‘arbga hamkor emas, raqobatchi bo‘lishga qaror qildi, deb aytdi.

"Biz ancha tajovuzkor Rossiyani ko‘rmoqdamiz. Biz Rossiya G‘arbning hamkori bo‘lishini istagandik, biroq ko‘rinishicha, u raqobatchi bo‘lishga qaror qilgan", deb britan telekanali efirida Fellon aytgan so‘zlarni keltirib o‘tdi TASS axborot agentligi.

"Ruslar Qora dengizda mushaklarni o‘ynatdilar, Qrimni harbiylashtirdilar, Boltiq davlatlariga bosim o‘tkaza boshlashdi", deb hisoblamoqda Fellon.

Avvalroq Fransiyaning sobiq bosh vaziri Fransua Fiyon G‘arb davlatlari o‘zlariga Rossiya ko‘rinishida dushman orttirganlarini aytib o‘tgandi.

 

Top