Jamiyat | 18:17 / 12.10.2016
9047
2 daqiqa o‘qiladi

Sayyohlarni xona tozalashga majbur qilgan mehmonxona egasi qo‘lga olindi

Foto: RIA

Politsiya bepul yashash evaziga boshqa mamlakatlardan tashrif buyurgan sayyohlarga xonalarini tozalashni majbur qilgan Yaponiya shimolidagi mehmonxona egasini hibsga oldi. Bu haqida TASS agentligi ma'lum qildi. 

Manbaga ko‘ra, Xitoy va Malayziyadan tashrif buyurgan ziyoratchilar bepul yashash yoki katta chegirmaga ega bo‘lish uchun mehmonxonada ishlashgan. Bu esa Yaponiya qonunlariga zid hisoblanadi, unga ko‘ra, qisqa muddatli sayyohlik vizalari asosida tashrif buyurgan xorij fuqarolari bajarilgan ish uchun mukofotlanish huquqiga ega emas. Yana bir qonun xorijliklarning jismoniy mehnat talab etiladigan ishlarga  jalb qilinishini taqiqlaydi. 

Politsiya mehmonxona egasidan tashqari, bepul yashash uchun mehnat qilayotgan doimiy mehmonlarni ham qo‘lga olgan. Xorijliklar o‘z ayblarini inkor qilishmoqda va mehmonxonadagi tozalash ishlari uchun pul olmaganliklarini aytishmoqda. 

Yaqin kunlarda qo‘lga olingan kishining yana 13 mehmonxonasi tekshiruvdan o‘tkaziladi. 

Mavzuga oid