09:56 / 13.10.2016
17721

Toshkentdan Andijonga yana bir poyezd qatnay boshlaydi

Foto: Uz24

17 oktabrdan boshlab Toshkentdan Andijonga qo‘shimcha poyezd harakatlana boshlaydi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ matbuot xizmati xabar qilgan.

Xabarga ko‘ra, yo‘lovchilarga qulayliklar yaratish maqsadida «Toshkent-Andijon-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha har kuni yangi 62/61 sonli tezyurar poyezdi harakatlanadi. 

Poyezdning Toshkentdan ketish vaqti soat 16-30da, u Andijonga soat 22-30ga yetib boradi.

Poyezd Andijondan soat 06-00da jo‘nab ketadi va Toshkentga soat 12-10ga yetib keladi.

Shu sababli 18 oktabrdan «Andijon-Buxoro-Andijon» yo‘nalishidagi 392/391 sonli poyezdining, shuningdek «Toshkent-Andijon-Toshkent» yo‘nalishidagi 92/91 sonli poyezdining harakatlanish jadvalida o‘zgarishlar e'lon qilinadi.

Mavzuga oid
Top