21:01 / 14.10.2016
7642

Elektrda ishlovchi Chevrolet Corvette 750 ming dollarga baholandi

Foto:motor.ru

AQShning Genovation Cars kompaniyasi oxirgi avloddagi Chevrolet Corvette kupesi negizida qurilgan elektr superkarga buyurtmalar ola boshladi. Genovation Extreme Electric (GXE) deb nom olgan elektrokarning narxi 750 ming dollarni tashkil qildi. Bu haqda motor.ru xabar bermoqda.   

Yangi mashinaning kuch qurilmasi ikkita elektr dvigateldan tashkil topib, ular umumiy hisobda 660 ot kuchiga beradi. Dvigatellar 210 km yo‘l bosishga yetadigan akkumulyatorlar blokidan quvvat oladi.

Mashina yaratuvchilarining aytishicha, ular o‘qlar bo‘yicha og‘irlikning mukammal taqsimlanishiga, ya'ni 50:50 ga erishganlar.

Xammasi bo‘lib bunday mashinadan 75 ta chiqariladi. Kompaniya ishlab chiqarilishi 2019 yilda boshlanadigan bu mashina uchun hozirdanoq buyurtmalar olishni boshlab yubordi. Mashinaga oldindan to‘lanadigan haq 250 ming dollarni tashkil qiladi. 

Top