09:21 / 14.10.2016
5201

OAV: Verizon kompaniyasi Yahoo!’ga taklif qilinayotgan narxni tushirishi mumkin

Foto: Flickr/ cogdogblog

Yahoo! kompaniyasini sotib olish istagini bildirgan Verizon kompaniyasi unga taklif qilingan 4,8 mlrd dollarlik dastlabki narxni tushirishga qaror qildi, deb xabar bermoqda Wall Street Journal nashri.

Avvalroq 2014 yilda xakerlar Yahoo! qidiruv tizimini buzib kirganlari ma'lum bo‘lgandi. 2016 yilda kompaniya 500 mln foydalanuvchi haqidagi ma'lumotlar tashqariga chiqib ketganini ma'lum qilgan. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, qidiruv tizimi xodimlari xaker hujumi haqida iyulda xabardor bo‘lishgan, biroq bu haqda Verizon’ga faqatgina sentabrda ma'lum qilishgan.

Yahoo! vakilining ma'lum qilishicha, kompaniya o‘ziga berilgan bahoga shubha qilmaydi va Verizon bilan birlashish bo‘yicha ishni davom ettirmoqda. Biroq Verizon vakili Kreyg Silliman agar Yahoo! xakerlik hujumi bitimni qayta ko‘rib chiqish uchun yetarlicha asos deb bilmasa, unda bunga isbotlar keltirishi kerakligini aytdi.

Yahoo!’ga 1994 yilda asos solingan. Uning qidiruv tizimi eng ommaviylardan biri hisoblanadi.

Top