17:33 / 19.10.2016
6020

Xitoy shimolida 300dan ortiq bola zaharlandi

Xitoy shimolida 300 nafardan ziyod maktab o‘quvchisi ovqatdan zaharlandi. Ularning 74 nafari shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar bermoqda.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, voqea Xebey provinsiyasining Chjendin shahridagi boshlang‘ich maktabda ro‘y bergan. 27ta sinfdagi o‘quvchilar zaharlangan. Ushbu maktabda umumiy hisobda 35ta sinf faoliyat olib boradi.

Xabar qilinishicha, o‘quvchilardan 74 nafari o‘tkir zaharlanish tufayli shifoxonaga yotqizilgan, ularning hayotiga jiddiy xavf yo‘q.

Tahlillarning ko‘rsatishicha, maktab o‘quvchilari ovqatdan zaharlangan. Hukumat voqea tafsilotlarini o‘rganmoqda.

Top