Amerikalik harbiy Mo‘sul uchun janglarda halok bo‘ldi
Pentagon Iroqning Mo‘sul shahri uchun janglarda bir nafar amerikalik harbiy halok bo‘lganini ma'lum qildi. Hozirda bu shaharni IShID jangarilaridan ozod qilish bo‘yicha katta ko‘lamli operatsiya olib borilmoqda. Pentagon ma'lumotlariga ko‘ra, harbiy 20 oktabrda halok bo‘lgan. Bu haqda bir qator OAV xabar bermoqda.
"AQSh harbiysi Iroq shimolida qo‘lbola portlovchi qurilma portlashi oqibatida olingan jarohatlar sababli halok bo‘ldi", deb aytilgan xabarda.
Associated Press axborot agentligi o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilishicha, harbiy portlovchi qurilmalarni xavfsizlantiruvchi mutaxassis bo‘lgan, u iroqlik kurdlarga o‘q-dorilarni utillashtirishda yordam bergan.
Mavzuga oid
00:35 / 10.01.2018
Mo‘sulda qo‘lga olingan IShID jallodi pora evaziga qo‘yib yuborildi – OAV
00:43 / 21.12.2017
Mo‘sulni ozod qilish vaqtida halok bo‘lgan tinch aholining haqiqiy soni ma'lum qilindi
00:39 / 08.12.2017
Pentagon Suriya va Iroqda qancha amerikalik harbiy borligini ma'lum qildi
11:11 / 04.09.2017