Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda davlat kompaniyasi rahbari poraxo‘rlik uchun o‘lim jazosiga mahkum qilindi
Xitoyning Xeyluntszyan viloyati sudi davlatga qarashli ko‘mir qazib oluvchi kompaniya rahbari Yuy Teini 6 yil ichida 306,8 mln yuandan (45 mln dollar) ko‘proq pora olgani uchun hukmni ikki yil ortga surish sharti bilan o‘lim jazosiga mahkum qildi. Bu haqda Sina axborot agentligi xabar bermoqda.
Sud hukmiga ko‘ra, Yuy Tei kompaniyada yetkazib berishlar uchun javobgar bo‘lganda 2005 yildan 2011 yilgacha xarid shartnomalarini imzolash uchun pora olishda aybdor deb topildi.
Ta'kidlanishicha, sud sobiq amaldor sherigining jinoyatlari haqida ma'lum qilgani, poraning katta qismini qaytargani va tergovga ko‘mak ko‘rsatgani uchun hukm ijrosini ikki yil ortga surdi.
Qayd qilinishicha, ayblanuvchi hukm ustidan shikoyat qilmaslikka qaror qilgan.
Mavzuga oid
19:42 / 29.12.2025
Tayvan - Xitoy biqinidagi «porox bochkasi»
13:56 / 29.12.2025
Xitoy Tayvan atrofida mashg‘ulot boshladi: harbiylar orolni blokada qilishni sinovdan o‘tkazadi
19:11 / 28.12.2025
Xitoy AQShning 20ta kompaniyasiga qarshi sanksiya kiritdi
19:33 / 27.12.2025