10:31 / 24.10.2016
8187

Filippinlik senator so‘kong‘ich prezident Dutertega qarshi tekshiruv boshlashga chaqirdi

© AP Photo

Filippinlik senator Leyla de Lima mamlakat prezidenti Rodrigo Dutertening harakatlarini Xalqaro jinoiy sudda ko‘rib chiqishga chaqirdi.

«Ular (sud. — tahririyat) tekshiruvlar haqida o‘ylashi yoki insoniyatga qarshi qotilliklar bo‘yicha tergov boshlashi kerak», — degan siyosatchi Britaniyadagi The Guardian nashriga.

De Limaning so‘zlariga ko‘ra, keyingi vaqtlarda u o‘z hayoti uchun xavfsiray boshladi. Bundan tashqari, uning manzili va telefon raqami omma uchun aniq bo‘lib, natijada de Limaga ko‘p martalab tahdidlar bildirilmoqda.

Qayd etilishicha, Dutertega muxolifat kuchlarning rahbarlaridan biriga korrupsiya va giyohvandlik savdosi bo‘yicha ayblov qo‘yib bo‘lindi.

Bundan oldinroq Xalqaro jinoiy sud bosh prokurori Fatu Bensuda ma'lum qilgandiki, ushbu muassasa Filippin hukumati harakatlari jiddiy kuzatilayotganini aytib o‘tgandi.

Filippinda shu yilning may oyida saylangan prezident Rodrigo Duterte ilk kundanoq giyohvandlik balosiga qarshi keng ko‘lamli harakatlar boshladi. Duterte hukumat tepasiga kelganidan beri narkotik moddalar savdosiga aloqadorligi gumon qilinib, 3 mingdan ortiq kishi o‘ldirildi.

Mavzuga oid
Top