Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Antaliya hukumati avtoturargohdagi portlash terakt bo‘lmaganini aytmoqda
Foto: Haberturk
Turkiyaning Antaliya shahrida ro‘y bergan portlash terakt emasligi aytildi. Bu haqda shahar meri Menderos To‘ral ma'lum qildi.
Portlash bugun mahalliy vaqt bilan soat 08:50da sodir bo‘ldi. Antaliyadagi Savdo-sanoat palatasi yaqinida avtomobillar turargohida yuz bergan portlash natijasida 10-12 kishi jarohatlangan. Jarohatlar asosan shisha bo‘laklari tegishi natijasida olingan. Bir avtomobil yaroqsiz holatga kelgan, yana 3ta avtomobil turli darajada shikastlangan. Avtomobillardan birida gaz balloni portlagani ehtimoldan xoli emas.
“Shisha siniqlari tufayli 10-12 kishi jarohatlandi, ularning hayotiga hech qanday xavf yo‘q. Politsiya hodisa sabablarini o‘rganmoqda. Voqea sodir bo‘lgan joy shahar markazidan uzoq va gavjum bo‘lmagani tufayli ushbu voqea terakt emas – deyilmoqda, lekin barcha variantlar ko‘rib chiqilmoqda. Bugun biz Savdo palatasida majlis o‘tkazishni rejalashtirgan edik va majlis baribir o‘tkaziladi”, — dedi To‘ral Haberturk telekanali efirida.
Avvalroq Tyurel CNN Turk telekanaliga bergan intervyusida, hodisa terrorchilik harakati bo‘lishi mumkinligini ham inkor etmagan edi.


Mavzuga oid
12:07 / 06.01.2026
Kiyevda harbiy xizmatchining avtomobili portlatildi: gumonlanuvchi bir necha soatda topildi
12:23 / 03.01.2026
Karakas janubida elektr uzildi: shaharda portlash ovozlari
17:35 / 01.01.2026
Shveytsariyadagi kurortda portlash: o‘nlab insonlar vafot etgani aytilmoqda
10:52 / 26.12.2025