Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Klinton o‘zining elektron maktublarini to‘liq oshkor qilishga chaqirdi
Foto: Getty Images
AQSh prezidentligi uchun Demokratik partiya nomzodi Hillari Klinton FQBdan uning shaxsiy pochta serveri bilan bog‘liq ishi bo‘yicha barcha ma'lumotlarni so‘radi, deb xabar qilmoqda Fox News telekanali.
U shuningdek, «ushbu saylovlarda nimalar hal bo‘layotgani»ga diqqat chekkan.
Avvalroq, FQB direktori Jyeyms Komi Klintonning davlat kotibi bo‘lgan vaqtlarda davlat yozishmalarini xususiy pochta serveri orqali yuborganiga oid tekshiruvlarni qayta boshlashini ma'lum qilgan edi. Bunga shu ishga aloqasi bor yangi maktublarning paydo bo‘lgani sabab bo‘lgan. Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Tramp tergov ishlarining boshlanishini olqishlagan.
O‘z navbatida, The New York Times gazetasining yozishicha, Hillari Klintonning elektron yozishmalariga oid ish yopilganidan so‘ng, Klintonning bosh yordamchisi Huma Abedin va uning turmush o‘rtog‘i Entoni Vinerning elektron qurilmalarida ushbu ishga aloqador yangi maktublar topilgani FQBning ishni qayta boshlashiga turtki bergan.
Mavzuga oid
19:32
Kolumbiya prezidenti Trampning tahdididan keyin xalqdan yordam so‘radi
18:49
Bayden AQSh sobiq prezidentlari orasida eng yuqori pensiyani olishi aniqlandi
10:21
Bloomberg: AQSh nomidan Venesuelani boshqarishni Rubio o‘z zimmasiga oladi
09:57