Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar millionlab mutant-chivinlarni tabiatga qo‘yib yuborishmoqchi
Foto: Globallookpress.com
Braziliyalik olimlar har haftada bir necha million genetik jihatdan o‘zgartirilgan chivinni tabiatga qo‘yib yuborishmoqchi. Tadqiqotchilar shu yo‘l bilan jiddiy kasalliklar tashuvchilari bo‘lgan qon so‘ruvchi hashoratlarni to‘liq yo‘q qilishmoqchi. Phys.org nashri shu haqida xabar berdi.
Mutant chivinlar yovvoyi turlar, masalan, Aedes aegypti (sariq bezgak) chivinlari orasida ko‘payadi. Aedes aegypti Zika, denge, sariq va chikunguni bezgaklariga sabab bo‘luvchi chivin hisoblanadi. Chivinlar orasidagi mutantlik hasharotlarning tezda qirilib ketishiga olib keladi.
Britaniyaning Oxitec firmasi vakillari so‘zlariga ko‘ra, ularning San-Paulu shimoli-g‘arbidagi Pirasikaba shahridagi fabrikasi haftasiga 60 milliongacha mutant-chivinlarni yetkazib berishi mumkin ekan. 2011-2014 yillarda Panama, Kayman oroli, Braziliyaning shimoli-sharqidagi Baiya shtatida o‘tkazilgan besh dala sinovi natijalari yovvoyi chivinlarning 90 foizga kamayganini ko‘rsatgan.
Braziliyaning Salomatlikni nazorat qilish milliy agentligi tomonidan hozircha bunga rasman ruxsat berilmadi, biroq Oxitec'da buning 2017 yildan kechikmasligiga umid bildirishmoqda. Pirasikaba meri firma bilan to‘rt yilga 1,1 million dollarlik shartnomani imzoladi.
Mavzuga oid
18:30 / 30.11.2025
Orol dengizining qurigan tubida ilmiy-tadqiqot stansiyasi ish boshladi
07:16 / 20.11.2025
Inson faoliyati tufayli Yerning aylanish o‘qi 80 smga siljigani aniqlandi
03:05 / 16.11.2025
Olimlar qarishni tezlashtiruvchi kutilmagan omilni aniqlashdi
20:58 / 02.11.2025